Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan islohotlar mohiyati targ'ib qilindi


Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan islohotlar mohiyati targ'ib qilindi
Hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarni jinoyatdan xoli, xavfsiz hududga aylantirish bo‘yicha “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay”, “xavfsiz hovli” tamoyilining hayotga tatbiq etilayotgani ijobiy samara bermoqda. Ayniqsa, bu borada huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda joylarda olib borilayotgan huquqiy targ'ibot va profilaktik tadbirlar aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish asnosida, bugungi islohotlarning amaliy natijalarini kundalik hayotida his etishini ta’minlashda ham muhim o‘rin tutmoqda.
 

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan "Mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ'ibot tadbirlari bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi" asosida ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda joylarda turli tadbilrlar, aholi bilan uchrashuv va muloqotlar tashkil etilmoqda.


  • Sirdaryo viloyatidagi mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, “jinoyat o‘choqlari”ni bartaraf etish, mahallalarda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy profilaktika ishlarini “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida “xonadonbay”, “oilabay” ishlashni tashkil etish orqali jamoat xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifa sanaladi, - deydi Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Doston Shamsiddinov. Shunga ko‘ra, mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinib, hududlar toifalarga ajratilgan. Ushbu hududlarda adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

  Aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan islohotlar mohiyati har bir fuqaroga tushuntirildi.

Tadbirda Sirdaryo viloyat yuridik texnikumi talabalaridan iborat “Adolat qanotlari” va “Street law” guruhi volontyorlari tomonidan mavzuga doir huquqiy targ‘ibot materiallari – buklet va flayerlar tarqatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi