Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Sayyor qabul davomida 30 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi


Sayyor qabul davomida 30 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi
Guliston tuman adliya bo‘limi tomonidan Beshbuloq mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil qilinib, aholining muammolari o'rganildi.
Tadbir mobaynida boquvchisini yo‘qotganlik, nogironlik nafaqasini olish, qarz, oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish, o‘zini-o‘zi band qilish bilan bog‘liq 9 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi, o‘rganish talab qiladigan 8 ta murojaat adliya bo‘limining ish yurituviga olindi
E'tiborlisi, ushbu manzilda “Siz kelmang, biz o‘zimiz boramiz” aksiyasi doirasida aholiga taqdimotlar, sayyor davlat xizmatlari ko'rsatish maqsadida tadbir tashkil etildi. Qabul davomida 30 nafar fuqaroga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Xususan, bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasiga joylashtirish uchun 21 ta, sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnomalarni olish uchun ariza yuborish yuzasidan 2 ta, 20 kvt dan yuqori bo‘lmagan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar olish bo‘yicha 3 ta, pensiya (nafaqa) xaqida ma’lumot olish yuzasidan 3 ta, qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish uchun 1 ta, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq 1 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, qabulda fuqarolarga yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirilib, ko‘rgazmali materiallar tarqatildi

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi