Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya aralashuvi bilan o‘qituvchining imtihon topshirish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab berildi


Adliya aralashuvi bilan o‘qituvchining imtihon topshirish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab berildi

Iroda Navruzova Guliston davlat universiteti qoshidagi akademik litseyda ingliz tili fanidan dars beradi.

U joriy yilning 9-aprel kuni S1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘ldi.

Biroq, akademik litsey tomonidan I. Navruzovaga ushbu sertifakatni olish bilan bog‘liq imtihon xarajatlari qoplab berilmadi.

Mazkur holatdan norozi bo‘lgan I. Navruzova amaliy yordam so‘rab adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

Murojaat o‘rganib chiqilganda litsey o‘qituvchisining e’tirozi asosli ekanligi, uning qonuniy huquqlari buzilganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining kamida S1 darajadagi xalqaro sertifikatni olish uchun imtihon topshirish bilan bog‘liq xarajatlari Davlat budjetidan pedagog kadrlar malakasini oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar, davlat oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining xarajatlari esa oliy ta’lim muassasalarining o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan, Guliston davlat universiteti akademik litseyiga adliya boshqarmasi tomonidan taqdimnoma kiritildi.

Natijada I. Navruzovaga akademik litsey tomonidan sertifakatni olish bilan bog‘liq 675 ming miqdorda imtihon xarajatlari qoplab berildi.

 Timur Karimov,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i