Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Sayxunobod tumanida joylashgan 15-oʻrta umumtaʼlim maktabida “Jinoyatchilikning oldini olishda taʼlim muassasasining roli” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi.


Sayxunobod tumanida joylashgan 15-oʻrta umumtaʼlim maktabida  “Jinoyatchilikning oldini olishda taʼlim muassasasining roli”  mavzusida  targʻibot tadbiri tashkil etildi.

    Tadbirda tuman adliya boʻlim boshligʻi B.Nazarov, tuman YUKXM boshligʻi T.Fayziyev hamda tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri A.Bababekovlar hamda taʼlim muassasasi xodimlari ishtirok etishdi.

     Muloqotda yuksak texnologiyalar asrida kamol topayotgan bolalar bilan ishlashda “Oila – mahalla - taʼlim muassasasi” tamoyili asosida hamkorlikni yanada kuchaytirish  davr talabi ekanligi taʼkidlandi.
 
     Bundan tashqari, tadbir qatnashchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 173-son Qarori yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

    Tadbir soʻngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

     Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi