Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Sirdaryodagi mahallarlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda


Vatan mahalladan boshlanadi, deydi dono xalqimiz. Shu ma’noda, har qanday huquqbuzarlik holatlarining oldini olish borasidagi harakatlar, avvalo, mahallalarda keng jamoatchilik ishtirokida tashkil etilishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat sudi hamkorligida “Istiqlol” mahallasi aholisi uchun tashkil etilgan tadbir fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid muammolarni bevosita joyida hal etish, mahalla, oila va shaxs kesimida jinoyatchilikning sabablarini aniqlash maqsadiga qaratildi.
Tadbir davomida huquqbuzarliklarning sodir etilishida oila, ta’lim muassasasi va mahallaning roli beqiyos ekanligi, fuqarolarning qonunga hurmat va itoatkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari jinoyatchilik sonining kamayishiga olib kelishi ta’kidlandi.
-Aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali huquqiy nigilizmga barxam berish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda bu kabi tadbirlarni tashkil qilish huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi,- deydi adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov
Jinoyat turlari va jazo choralari, shuningdek huquqiy madaniyatni yuksaltirish, kundalik hayotda tez-tez uchraydigan masalalarning huquqiy yechimiga oid ma’lumotlarning infografika shaklida ishtirokchilarga yetkazilishi tadbirning ta’sirchanligini oshirdi.
E’tiborlisi, tadbir davomida fuqarolaring pensiya, nafaqa, uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan murojaatlari qabul qilindi, 20 dan ortiq fuqaroga farzandini davlat maktabgacha ta’lim muassasiga joylashtirish, sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnomalarni olish uchun ariza berish, qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr xujjatlarini rasmiylashtirishga oid davlat xizmatlari ko‘rsatildi

Tadbirning uzviy davomi sifatida adliya, ichki ishlar xodimlari, viloyat yuridik texnikumi ko‘ngillilaridan tashkil topgan “Street law” volontyorlaridan iborat ishchi guruh tomonidan “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash tamoyili asosida huquqbuzarliklarning sabablari va omillarini erta aniqlash va oldini olish maqsadida “Istiqlol” mahallasidaga xonadonlarda profilaktik uchrashuv va suhbatlar olib borildi hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan ko‘rgazmali materiallar, qo‘llanmalar tarqatildi.