Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya boshqarmasi boshlig'i S.Sattarov Sirdaryo tumanida sayyor qabul o'tkazdi


Sayyor qabullar bevosita aholi muammolariga huquqiy yechim topishning muhim omili bo‘lmoqda. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Saloxiddin Sattarovning Sirdaryo tumanida o‘tkazgan sayyor qabuli davomida ham aynan aholining muammolari o‘rganildi.

Tadbirda dastlab huquqbuzarlikar profilaktikasiga alohida urgu berildi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Tuman ichki ishlar bo'limi tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi, firibgarlik, talonchilik, o‘g‘irlik kabi jinoyatlardan ogoh bo'lish zarurligi tushuntirildi.

Shundan so‘ng aholi bilan bilan yuzma-yuz muloqotga kirishildi. “Quyosh” mahallasida istiqomat qiluvchi Zubayda Akramova uy-joy masalasida, Dilorom Hamroyeva esa uy-joy sharoitini yaxshilash, ta’mirlash uchun subsidiya olishda amaliy yordam so'rab murojaat qildi.

Tadbirda aholining barcha muammolarini shu joyning o‘zida yechishga harakat qilindi. Masalan, Saydulla Turdiboyevning tomorkasidagi 4,5 sotix issikxona uchun ajratilgan yer maydonini kengaytirishi uchun subsidiya olish bo‘yicha murojaatiga sayyor qabulda ishtirok etayotgan mutasaddi tashkilotlar ishtirokida yechim izlandi.

Astanova Rozaning ish bilan ta’minlash masalasidagi murojaatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati tushuntirilib, berilgan imtiyozlar xususida huquqiy tavsiyalar berildi.

Sayyor qabulda 30 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 2 ta murojaat joyida qanoatlantirildi, 15 ta murojaat bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, o‘rganish muddat talab qiladigan 13 ta murojaat ish yurituviga qabul qilindi. Sayyor qabulga Sirdaryo tuman bandlikka ko‘maklashish markazi, hokim yordamchisi, mahalla faoli, soliq, bank va boshqa idora va tashkilotlar mutasaddilarining taklif etilishi aholi tomonidan qilingan murojaatlarni joyida tezkorlik bilan hal etish imkoniyatlarini yaratdi.  Shuningdek, tadbir mobaynida elektron raqamli imzo olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa masalalar bo‘yicha 10 ziyod fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Xulosa o'rnida aytganda, bugun mamlakatimizda shunday tizim yaratildiki, aholining barcha qatlamlari ijtimoiy holatini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish imkoniyatlari kengaydi. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbarining Sirdaryo tuman aholi vakillari bilan sayyor muloqoti ham ana shunday samarali bo‘ldi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi