Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Korrupsiya – taraqqiyot dushmani


Aholiga huquqiy axborotni yetkazish, huquqiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Huquqiy maslahat kursi” tashkil etilgan.
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Sirdaryo filiali xodimlari uchun tashkil etilgan navbatdagi huquqiy maslahat kursi “Korrupsion omillar va xavf-xatarning oldini olish” mavzusiga qaratildi.
Tadbir davomida Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Davron Burxonov tomonidan “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni, “O’zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari qilib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, korrupsiya taraqqiyot kushandasi ekanligi va unga qarshi kurashish barchamizning burchimiz ekanligi alohida to‘xtalib o‘tildi.

Korrupsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyati slayd va infografikalar yordamida tushuntirilishi, mavzuga oid flayer va bukletlardan samarali foydalanilishi tadbirning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qildi.

Seminar qizg‘in-baxs munozaralarga boy bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Sirdaryo viloyat adliya bosqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi