Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

YO‘LINGIZNING DOIMO BEXATAR BO‘LSIN !


Yo‘l transporti hodisasi bilan bo‘g‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish va unga qarshi kurashish masalasi hamisha dolzarb. Shu bois ushbu yo‘nalishdagi qonun hujjatlari yanada takomillashtirilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Аvtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi islohotlarning yana bir misolidir.

Qarorga asosan 2022-yil 1-dekabrdan haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etildi.

Mazkur tizim quyidagilarni nazarda tutadi:

har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;

hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi maʼlum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan o‘rnatilgan tartibda mahrum qilinadi;

muayyan davr mobaynida yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi.

Haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi barcha taʼlim muassasalari (avtomaktablar) va imtihon markazlariga faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi.

Shuningdek, avtomaktablarning innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning o‘qituvchi, haydovchi-yo‘riqchi va murabbiylarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Qaror bilan 2023-yil yakunigacha poytaxtning barcha chorrahalarida, shuningdek, Nukus shahri va viloyatlar markazlarining yirik asosiy serqatnov chorrahalarida, 2024-yil yakunigacha Nukus shahri va viloyatlar markazlarining barcha chorrahalarida raqamli boshqaruv tizimi joriy qilinadi.

Yana bir muhim jihati, 2022-yil 1-iyuldan respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida “Xavfsiz yo‘l” indeksi yuritiladi. Bunda:

indeks doirasida yo‘l infratuzilmasi va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishining holati 29 ta indikator bo‘yicha har chorak yakunida baholab boriladi;

tuman (shahar)lar indeks koʼrsatkichlari asosida yo‘llarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati bo‘yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratilishi belgilangan.

Chunonchi, yo‘l infratuzilmasidagi kamchiliklar, haydovchilarning tajribasizligi avtomobillar bilan bog‘liq falokatlarni keltirib chiqarmoqda. Lekin eng asosiysi, yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik oqibati baxtsiz hodisalarga sabab boʼlmoqda. Bu bepisandlik havdovchi va piyodalar tomonidan baravar sodir etilayotir.

 Belgilangan tezlikka rioya qilmaslik, yo‘lni noto‘g‘ri kesib o‘tish, quvib o‘tish, mast holatda avtomobil boshqarish transport hodisasi sodir bo‘lishiga asos boʼlsa, havfsizlik kamaridan foydalanmaslik falokatning darajasini oshirmoqda. Bunday noxushlik va muammolarning asosiy sabablaridan biri ichki intizomning yetishmasligidir. Аksariyat yoshlar ulg‘aygach tezroq ulov olishga shoshiladi. Iloji bo‘lsaku, o‘qib-o‘rganmay haydovchi guvohnomasini qo‘lga kiritsa... qolganini mashina rulini tutganda, harakat yo‘lagida o‘zlashtirib olish mumkin deb hisoblaydi. Аchinarlisi, “yangi” haydovchi qonunlarga boʼysunmay jazodan qanday qutulib qolish yo‘llarini o‘rganmoqchi bo‘ladi.

Ushbu muammolarni aholining huquqiy madaniyatni oshirish bilan bartaraf etish mumkin, xolos.

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 15-may-15-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan “Qonunlarga yo‘l bam bo‘ysunadi” shiori ostida yo‘l harakati xavfsizligi huquqiy savodxonlik oyligi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish chora-tadbirlar dasturi”ni ijrosi yuzasidan Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan ushbu yo‘nalishda,

VEB-saytlarda 100 dan oshiq, mehnat jamoalarida, ta’lim muassasalarida va mahallarda 16 maratoba targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. 

O‘tkazilayotgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari avvalo fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

Har bir avtofalokat inson taqdiri bilan bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan yo‘l-transport hodisalariga beparvo bo‘lmasligimiz kerak. Ogohlik avvalo o‘zingiz va yaqinlaringizni baxt kalitidir.

Bekzod G‘aybullayev,

Shirin shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi