Янгиликлар
08
TAYINLOV
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Ziyayev Alisher Kattabekovich Oqoltin tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ziyayev Alisher Kattabekovich 1974-yil 1-fevralda Sirdaryo viloyati, Sh. Rashidov tumanida tug‘ilgan.
Ma’lumoti oliy, 1996-yilda Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U huquqshunos sifatida mehnat faoliyatini 1996-yilda Mirzaobod tuman sudining sud majlisi kotibi lavozimidan boshlagan.
1996-2022-yillar davomida sud-huquq sohasida turli lavozimlarda ishlagan.
Alisher Ziyayev tayinlovga qadar Mirzaobod tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri lavozimida faloiyat yuritib kelayotgan edi.
Adliya boshqarmasi jamoasi Ziyayev Alisher Kattabekovichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.