Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

TAYINLOV


Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Iskanov Shavkat Xidirboyevich Guliston tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Iskanov Shavkat Xidirboyevich 1982-yil 26-noyabrda Jizzax viloyati Paxtakor tumanida tug‘ilgan.
Ma’lumoti oliy, 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U 2000-2018 yillar davomida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.
2018-2022-yillar davomida Boyovut tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi, Guliston tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritdi.
Sh.Iskanov tayinlovga qadar  Guliston tuman adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Adliya boshqarmasi jamoasi Iskanov Shavkat Xidirboyevichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.