Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Shartnoma tuzildimi, majburiyatlar bajarilishi shart, aks holda qonun o‘z so‘zini aytadi


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik - iqtisodiy rivojlanish garovi. Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bois bugun tadbirkorlik faoliyati keng quloch yozib, mulkdorlar safi kengaymoqda. Bu esa joylarda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

H.Shirinov ham yaratilgan imkoyatlardan unumli foydalanib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi. “Yangiyer red Gold” MCHJni tashkil qilib o'nga yaqin yoshlarni ish bilan ta'minladi.

U rahbarlik qilayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyati qurilish, ta’mirlash ishlarini sifatli bajarib tez orada raqobat maydonida yetakchi o‘rinlardan biriga chiqib oldi. Bugun viloyatda ushbu korxona bilan hamkorlik qilaman degan tashkilotlar juda ko‘p. 

Tabiiyki, hamkorlik qilish uchun taraflar o‘rtasida shartnoma tuziladi. Shartnoma ozaro kelishuv bo‘lib, u taraflarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

“Yangiyer red Gold” MCHJ bilan Sirdaryo viloyati hokimligining qurilish bo'yicha yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi o‘rtasida pudrat shartnomasi tuzilgan edi.

Shartnomaga asosan MCHJ loyihada ko‘zda tutilgan Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar Navro‘zobod MFYda joylashgan 5-sonli maktab binosini mukammal ta’mirlash ishlarini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi kompaniya esa qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlar yaratishi, ularni qabul qilish va to‘lovni amalga oshirishi lozim edi. 

“Yangiyer red Gold” MCHJ mukammal ta’mirlash ishlarini tugallab obyektni foydalanishga topshirdi. Biroq, Sirdaryo viloyati hokimligining qurilish bo'yicha yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi tomonidan shartnoma shartlari buzildi. 

 Gap shundaki, “Yangiyer red Gold” MCHJ tomonidan maktab binosida mukammal ta’mirlash ishlari tugallangandan so‘ng obyekt foydalanishga topshirilgan, bajarilgan ishlar uchun kompaniya tomonidan 95% ya’ni 2 076 103 644 so‘m miqdorda to‘lovlar amalga oshirilgan.

 Shartnomaning 11-bandida 12 oylik kafolat muddati o‘tgandan so‘ng qolgan 5 foizlik to‘lov amalga oshirilishi ko‘rsatilgan. Biroq, to‘lanishi lozim bo‘lgan 104 942 811 so‘m miqdordagi qoldiq summa bugungi kunga qadar to‘lanmagan.

 Yuqoridagilarga ko‘ra, adliya boshqarmasi tomonidan tadbirkor manfaatida Guliston tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.

To‘plangan hujjatlar asosida ish xolisona ko‘rib chiqilib, sudning adolatli qarori qabul qilindi. Qurilish bo‘yicha yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi hisobidan “Yangiyer red Gold” MCHJ foydasiga 104 942 811 so‘m miqdorda asosiy qarz, 10 000 000 so‘m miqdorda penya undiriladigan bo‘ldi. Bundan tashqari, respublika byudjetiga 3 148 284 32 ming so‘m davlat boji to‘lanishi ham belgilandi.

Xulosa shuki, shartnoma tuzildimi, taraflar o‘z majburiyatlarini bajarishi shart, aks holda qonun o‘z so‘zini aytadi.


Jahongir Shamirzayev,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo'limi boshlig'i