Sayyor qabul doirasida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi
Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan “Nurli yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil qilindi. Mazkur tadbir “Ayollar daftari”ida turgan xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, ularning huquqiy bilimini oshirish, shuningdek sayyor tartibda davlat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadiga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Tadbir davomida 6 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi, o‘rganish talab qiladigan 4 ta murojaat bo‘limning ish yurituviga olindi.
Muloqotda uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, nafaqa, pensiya, subsidiya, kredit, olish, o‘zini-o‘zi band qilish tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Eng asosiysi, ichimlik suvini hisobga olish uskunalarini o‘rnatish, farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatda qo‘yish uchun 5 nafar fuqarodan arizalar qabul qilindi, 2 fuqarolarga elektron raqamli imzo olish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi