Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Yurtimizda velosportga va turizmga berilayotgan e’tibor shahrimiz fuqarolarini to‘lqinlantirib yubordi.


Yurtimizda velosportga va turizmga berilayotgan e’tibor shahrimiz fuqarolarini to‘lqinlantirib yubordi. Respublika bo‘ylab o‘zining velosipedida sayohat o‘tkazgan Navro‘zobodlik Abdurasul Alanazarov 1 iyun kuni Yangiyer shahar hokimligi binosi oldidan Rossiya Federasiyasi poytaxti Moskva shahriga yo‘l oldi.
Abdurasul ota hozirda 72 yoshni qarshi olgan bo‘lsada, o‘zini zabardast his etadi va tengdoshlari kabi keksalikni tan olgisi kelmaydi. Chunki men tonggi badantarbiya va velosport bilan muntazzam shug‘ullanaman deydi suhbat chog‘ida otaxon. Sayohatchi otaxonni kuzatish chog‘ida bir qator mutasaddilar ishtirok etishdi. Shahar adliya bo‘limi tomonidan otaxonga sayohat davomida Respublikamiz va boshqa Respublikalar hududlarida ularning qonunlarini xurmat qilgan holda borishi va muammolarga duch kelgan taqdirda adliya organlari xodimlariga, yoki tegishli tartibda tashqi ishlar vazirligining ishonch telefon raqamlariga murojaat qilish huquqi yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi