Янгиликлар
02
MEHR ULASHIB...
O‘zbekiston “Adolat” SDP tashabbusi bilan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostidagi beg‘araz donorlik aksiyasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, hududiy bo‘limlar xodimlari ham faol ishtirok etishdi.
Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasi doimgidek odamlar bilan gavjum. Bu yerga tashrif buyurgan har bir insonning qalbida bir maqsad – qonga muhtojlarning joniga oro kirish, ularga mehr ulashish. Ana shu mehr, ana shu muhabbat umid chirog‘i so‘nayotgan insonlar qalbida ertangi kunga ishonch, shirin orzulariga qanot bo‘lsin.