Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida huquqiy tenglikni mustahkamlash masalasi ustuvor vazifalardan biridir


O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 46-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar”, deb belgilab qo‘yilgan. Ushbu konstitusiyaviy norma bugun hayotimizning barcha jabhasida tom ma’noda o‘z ifodasini topmoqda. 

Ayniqsa mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida huquqiy tenglikni mustahkamlash masalasi ustuvor vazifalardan biriga aylandi.  

 “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qator normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligi yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni va nufuzini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sayxunobod tuman adliya bo‘limi, tuman oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda mahalla faollari uchun tashkil etilgan tadbir xotin-qizlarning qonunchilikda belgilangan huquqlarini tushuntirish maqsadiga qaratildi.  

Tadbirda gender tengligi, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ayollarning mehnatga oid huquqlari, ayollarni monomarkazlarda kasbga qayta tayyorlash, ayollarni ijtimoiy himoya qilish, oilada ayollar va bolalar huquqlari haqida keng ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir mobaynida yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati ham ishtirokchilar e’tiboriga yetkazildi. 

Muloqot savol-javob, munozaralarga boy bo‘ldi. Mehnat qonunchiligi, oilaviy munosabatlar, xotin-qizlar huquqlariga oid ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga soha xodimlari tomonidan tegishli javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi