Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirishda jamoatchilik ishtiroki muhim


Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan Xalq ta’limi bo‘limida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-son Qarori mazmun-mohiyati xususida batafsil so‘z yuritildi.

- Ochiqlik, oshkoralik ta’minlansa, jazo muqarrar bo‘lsa, har bir fuqaroda korrupsiyaga murosasizlik kayfiyati shakllantirilsa, ijtimoiy munosabatlarda sub’yektiv omillar aralashuvi kamaysa jamiyat taraqqiy etadi,- dedi adliya bo‘limi boshlig‘i I.Hakimov. 

Shuningdek, tadbir davomida mehnat qonunchiligi, yangi qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida keng ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi