Янгиликлар
"Huquqiy axborot kuni"da aholi bilan yuzma-yuz
Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan Shodiyona mahallasida tashkil etilgan “Huquqiy axborot kuni” tadbiri xalq bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning tashvish va muammolarini o‘rganish imkonini berdi.
Tadbir avvalida mahalla ahliga qonunchilikka oid bir qator yangiliklar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
“Huquqiy axborot kuni” tadbiri sayyor qabul tarzida davom etdi. Unda tuman Ichki ishlar boshqarmasi, bandlikka ko‘maklashish markazi, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvatlash boshqarmasi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi, FHDYO va boshqa idora va tashkilotlar mutasaddilarining taklif etilishi aholi tomonidan qilingan murojaatlarni joyida tezkorlik bilan hal etilishida muhim omil bo‘ldi.
Sayyor qabul jarayonida 12 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 2 ta murojaat joyida qanoatlantirildi, 7 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi, 3 ta murojaat o‘rganib chiqish uchun bo‘lim ish yurituviga olindi.
“Huquqiy axborot kuni” doirasida aholiga sayyor tarzda 10 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Shundan 2 nafar fuqarolarga elektron raqamli imzo kalitlar berildi, 4 nafar fuqarolarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga quyildi, sovuq suv hisoblagichini o‘rnatish, yechish, tamg‘alash uchun 4 nafar fuqarolardan arizalar qabul qilindi.
Shodiyona mahallasida o‘tkazilgan “Huquqiy axborot kuni” davomida fuqarolarni qiziqtirgan savollari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, tegishli huquqiy maslahatlar berildi. Bir so‘z bilan aytganda mazkur tadbir aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish uchun xizmat qildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi