Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Хotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida


Хotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida.  Boyovut tuman adliya bo‘limi hamda O‘zLiDeP Boyovut tuman Kengashi bilan hamkorlikda  tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan tadbir ana shunday nomlandi.

 Tadbirda dastlab xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy xujjatlar mazmun-mohiyati to‘g‘risida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i O.Xalmatov tomonidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

 Shundan so'ng Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining apparat rahbari M.Dadaeva, deputat K.Karimovaning “Konstitutsiya va qonun ustivorligi - Farovon hayot garovi” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi. Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomilashtirish va unga o‘zgartirish kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, bu borada tashkiliy chora-tadbirlarini amalga oshirish lozimligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtigan savollariga soha xodimlari tomonidan javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi