Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

TAYINLOV


   Nazarov Baxtiyor Ergashevich 1972 yil 17 iyulda Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1995 yilda Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

   U o‘z mehnat faoliyatini Guliston shahar sudi sud ijrochisi lavozimidan boshlagan. 1998-2018 yillar davomida sud-huquq sohasida turli lavozimlarda ishlagan. 

   2018-yildan Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Kadrlar bo‘limi bosh maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Tashkiliy-tahlil bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritdi.

   Baxtiyor Nazarov tayinlovga qadar Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi rejalashtirish va samaradorlikni baholash bo‘limi yetakchi maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

   Adliya boshqarmasi jamoasi Nazarov Baxtiyor Ergashevichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi