Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Qo‘ng‘iroq sadolari yorug‘ manzillar tomon chorlab tursin!


So‘nggi qo‘ng‘iroq... Bugun barcha umumta’lim maktablarida o‘quv yili yakunlandi. Ta’lim maskanlarida jam bo‘lgan o‘quvchilar, ayniqsa bitiruvchi yoshlar ulkan maqsad va orzularni ko‘zlab turgani aniq. Ushbu lahzalar kimni hayajonga solmagan. Axir, qadrdon maktabi bag‘ridan uzilish oson emas... 
Bu yil respublikamizda 390 ming nafardan ziyod o‘quvchi-yoshlar umumta’lim maktablarini bitirmoqda. Sana munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz maktablarining bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga tabrik yo‘lladi.
Darhaqiqat, Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, o‘z bilim va iste’dodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand bo‘lishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chog‘lanib turgan tirishqoq va intiluvchan yoshlar Yangi O‘zbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir. Hech shubhasiz, ular o‘z bilim va iste’dodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand bo‘lishdek olijanob maqsadlarga sarflaydilar.
Boyovut tumani Anorzor mahallasi hududida joylashgan 43-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Saloxiddin Sattarov ishtirok etib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Umumta’lim maktabini namunali xulq va a’lo baholar bilan tamomlagan o‘quvchilar Adliya boshqarmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maktab kutubxonasi fondi uchun Adliya boqarmasidan tuhfa sifatida Kodekslar to‘plami topshirildi.

Fursatdan foydalanib, 2021-2022 o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari va o‘quvchilariga, bitiruvchi yoshlarga omad va zafarlar tilaymiz. Qo‘ng‘iroq sadolari hamisha yorug‘ manzillar tomon chorlab tursin, azizlar!


Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi