Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Intellektual mulkning samarali huquqiy muhofazasidan — kuchli huquqiy himoyasi sari


Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlariga intellektual faoliyat natijalari va innovasiyalarni keng joriy etish, mintaqaviy brendlarni yaratish, kontrafakt mahsulotlar realizasiyasining oldini olish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ushbu sohani takomillashtirishga qaratilgan yana bir muhim hujjat sanaladi. 
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan seminarda mazkur qaror mazmun-mohiyati xususida atroflicha so‘z bordi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual deportamenti mas’ul xodimlari Bahodir Sagdullayev, Dilshod Xudjanov, Abdujalil O'rinboyev ma’ruza bilan ishtirok etdilar. Tadbirni adliya boshqarmasi boshlig‘i Saloxiddin Sattarov boshqarib bordi.
Ta’kidlanganidek, intellektual mulk inson tomonidan yaratiladigan ijodiy aqliy faoliyat mahsuli hisoblanadi. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning deyarli barchasida intellektual mulk rivojiga katta e’tibor qaratiladi, boisi u investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish omilidir.
Qaror bilan intellektual mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat organlarining vazifa va funksiyalari takomillashtirildi. Seminarda ayrim davlat organlariga yuklatilgan qo‘shimcha vazifalar va uni amalga oshirish mexanizmi yuzasidan keng tushunchalar berildi.
Tadbirda 2022 — 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasining maqsad va vazifalari, asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha alohida to'xtalib o'tildi hamda bu borada amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan tegishli javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi