Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Sudga yetaklagan millionlar


“Yangiyer red Gold” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Sirdaryo viloyat hokimligining qurilish bo‘yicha yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi xatti-harakatidan norozi bo‘lib adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

Aniqlanishicha, “Yangiyer red Gold” MChJ hamda Qurilish bo‘yicha yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi 2018-yil 25-iyun kuni 357-sonli pudrat shartnomasiga asosan huquqiy munosabatga kirishgan.

Mazkur shartnoma shartlariga ko‘ra, “Yangiyer red Gold” MChJ tomonidan Mirzaobod tumanidagi 7-son umumta’lim maktabida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilgan.

Ta’mirlash ishlari tugallangandan so‘ng obyekt foydalanishga topshirilib,  bajarilgan ishlar uchun kompaniya tomonidan 95% ya’ni 1 277 750 000 so‘m miqdorda to‘lovlar amalga oshirilgan.

Shartnomaning 11-bandida 12 oylik kafolat muddati o‘tgandan so‘ng qolgan 5 foizlik to‘lov amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.

Biroq, to‘lanishi lozim bo‘lgan 63 181 942 so‘m miqdordagi qoldiq summa bugungi kunga qadar to‘lanmagan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, adliya boshqarmasi tomonidan “Yangiyer red Gold” MChJ manfaatida Guliston tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Natijada qurilish bo‘yicha yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi hisobidan “Yangiyer red Gold” MChJ foydasiga 63 181 942 (oltmish uch million bir yuz sakson bir ming to‘qqiz yuz qirq ikki ) so‘m miqdorda asosiy qarz, 6 000 000 (olti million) so‘m miqdorda penya undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarildi.

 

Jahongir Shamirzayev,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqni qo‘llash amaliyotini o'rganish bo‘limi boshlig‘i