Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Endilikda 73 turdagi ma'lumotnoma va hujjatlarni «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olish mumkin


Mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, qulay investisiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirish muxim omildir.

Endilikda aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 73 turdagi ma’lumotnoma va hujjatlar taqdim etilishi talabi bekor qilinib, davlat organlari tomonidan ushbu ma’lumotlarni «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olish tizimi joriy etildi.

Sirdaryo viloyati qo‘riqlash boshqarmasi Boyovut tumani bo‘limi shaxsiy tarkibida tashkil etilgan seminarda seminar tashkil qilindi.

Seminarda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga oid yangiliklar xususida so‘z bordi.

Ta’kidlanganidek, Davlatimiz rahbarining “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan aholiga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda ko‘rsatish ko‘lamini oshirish va fuqarolarning idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldini olish, davlat organlari axborot tizimida mavjud ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish bo‘yicha ishlarni, davlat xizmatlari ko‘rsatish ko‘lamini oshirish, bunda aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

 Boyovut tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi sho‘ba mudiri A. Rahmatov tomonidan mazkur qaror mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi hamda elelktron davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi.  

Shuningdek, tadbir mobaynida adliya bo‘limi boshlig‘i A. Xalmatov tomonidan shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘lishi, jinoyat kodeksining 1541-moddasiga asosan O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi yuzasidan tushunchalar berildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

 

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi