Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Qonunlarga yo‘l ham bo‘ysunadi


 “Qonunlarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostidagi yo‘l harakati xavfsizligi huquqiy savodxonlik oyligi doirasida targ‘ibot tadbirlari Sirdaryo viloyatida keng ko'lam kasb etmoqda. Navbatdagi tadbir Guliston davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti Boyovut tuman filialida o'tkazildi. Unda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i O.Xolmatov, tuman IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i O.Rustamovlar mavzuga doir yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Xususan, joriy yilning 12 aprelida qabul qilingan “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etilishi, avtomagistrallarda piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar harakatlanishi taqiqlanishi tushuntirildi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berilib, flayer va bukletlar tarqatildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi