Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirildi


Shirin shahar Farhod mahallasida aholi o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit  barqarorligini ta’minlash, oilaviy ajrimlarni oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.  
Tadbirda Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonov, Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nargiza Tojiboyeva, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitasining Sirdaryo viloyati yetakchi mutaxassisi Zulxumor Xolbekova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov, mas’ul tashkilot rahbarlari va ajrim yoqasiga kelib qolgan oila vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mas’ullar tomonidan shaharda 4 nafar ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni murosaga keltirish va oilasini tiklash bo‘yicha alohida suhbatlar olib borildi. Natijada, Farhod hamda Do’stlik mahallasida yashovchi, ajrim yoqasidagi jami 4 nafar oilalar yarashtirildi.