Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Hamkorlikda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashamiz


O‘zbekiston Respublikasi “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy-axborot markazi Sirdaryo viloyat bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etilgan navbatdagi seminar “Oʻzbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar: natijalar va istiqboldagi rejalar” mavzusiga qaratildi.
Tadbirda adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z-fikr mulohazalarini bildirdi.
Seminarda ayrim fuqarolarning soddaligi va ishonuvchanligi sababli moddiy muammolarni tezda hal etish ilinji, yengil ish topish, tez boy bo‘lish orzusi, yetarli huquqiy bilimga ega emasligi, loqaydlik va nopok kimsalarning g‘ayriqonuniy harakatlari, transmilliy jinoiy guruhlarning ixtisoslashuviga sabab bo‘layotganligi ta'kidlandi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi