Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Adliya boshqarmasi boshlig‘i Saloxiddin Sattarov Madaniyat mahallasida sayyor qabul o'tkazdi


Halima Asrorova 20 yil davomida bir necha tashkilotlarda turli lavozimlarda ishladi. Mehnat daftarchasi yo‘qolganligi sababli ish staji hech bir hujjatda qayd etilmagan. Hozirda yoshga doir pensiya oladi, biroq bu uy-ro‘zg‘or tashvishlari, oilaviy xarajatlar uchun kamlik qiladi. Mehnat daftarchasini tiklash va pensiya pulini oshirishda unga ko‘mak zarur. Eng maqbul chora esa mas’ul idora vakillariga vaziyatni tushuntirish va bu orqali yordamga ega bo‘lishdir.
Opa yashaydigan hududda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattarovning sayyor qabuli tashkil etilganligi ayni mudao bo‘ldi. Guliston shahar Madaniyat mahalla aholisi bilan yuzma-yuz muloqotda  Halima opaning ham arzi tinglandi.
Boshqarma boshlig‘i ushbu murojaatning yechimini topishga kirishdi, mas'ullarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi. Halima opa natijadan, savoliga ijobiy yechim topganidan mamnun.
Sayyor qabulda Manzura Umarova subsidiya ajratish bo‘yicha murojaat qilgan bo‘lsa, Muhabbat Xo‘jayeva imtiyoz asosida uy-joy olishda ko‘mak zarurligini bildirdi. Dilorom Alimova esa yashab turgan xonadonining kadastr hujjatlari dublikatini olishda amaliy yordam so‘radi.
Dildora Toshnazarova va Otabek Muhammadaliyev turmush qurganiga bir yil to‘ladi. Yosh oila yaqinda farzandli bo‘lishadi, biroq nikoh to‘g‘risidagi guvohnomasi yo‘q. Dildora shu sabab sayyor qabulda bo‘ldi.
Tadbir davomida har bir fuqaro tinglandi. Shu kuni 30 ga yaqin murojaatlar kelb tushdi, o'rganish muddat talab qiladigan 10 ta murojaat ish yurituvga olinib, qolgan 20 ta murojaatga zarur huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Albatta, bugungi mahallabay o‘rganishlardan maqsad bitta - hududlardagi holatlarni tahlil etish, huquqiy ko‘mak zarur bo‘lgan insonlarga yashab turgan joyining o‘zida ko‘mak berish. Bu ezgu g‘oya odamlarning hayotdan rozi bo‘lishi uchun xizmat qiladi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi