Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Adliya spartakiadasi oldidan musobaqa


Adliya organlari tizimidagi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF–6099-son “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 10-12-iyun kunlari Adliya spartakiadasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur musobaqada Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlarining munosib ishtirokini ta’minlash, shuningdek xodimlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, ularning salomatligini mustahkamlash, sport bilan muntazam shug‘ullanishini rahbatlantirish maqsadida sportning stol tennisi hamda shaxmat turlari bo‘yicha sport musobaqalari tashkil qilindi.

Aytish mumkinki, ushbu musobaqa xodimlarning jismoniy tayyorgarligi, kuch va imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishda keng imkoniyat bo'ldi.

- Boshqarmada futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha muntazam ravishda musabaqalar o‘tkazib kelinadi. Bu galgi musobaqa har doimgidan ham shiddatliroq tus oldi. Sababi, g‘oliblar 10-12 iyun kunlari “Olmos” konvension markazida o‘tkaziladigan Adliya spartakidasida ishtirok etib, boshqarmamiz sharafini himoya qiladilar,- deydi sport targ‘ibotchisi D.Burxonov.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, stol tennisi hamda shaxmat bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, 1, 2 va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi