Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan "mahallabay" huquqiy targ'ibot dasturi ishlab chiqiladi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, har bir shaxsda qonunlarga hurmat, milliy qadriyatlarimizga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladigan fuqarolarni tarbiyalashda muhim huquqiy asosdir. 

Joriy yilning 21-may kuni Adliya vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan seminarda mazkur qaror mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.Tadbirda 2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to'g'risida alohida to‘xtalib o‘tildi.Xususan, mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish maqsadida hamkorlikda “mahallabay” huquqiy targ‘ibot dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rish masalalari atroflicha muhokama qilindi hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Seminarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, Ichki ishlar organlari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi