Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligi oshirildi


Inson hayoti to‘laligicha intellektual mulklardan iborat bo‘lib, bu mulkdan faqatgina egasi emas, balki jamiyat va davlat manfaatdor bo‘ladi.

Intellektual mulkni ishonchli himoya qilish, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda kontrafakt mahsulotlarga samarali qarshi kurashish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida keng jamoatchilik qatlamini xabardor qilishni davr taqozo qilmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Mirzaobod tumanida joylashgan 532-son safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonida tashkil etilgan tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadiga qaratildi.

Tadbirda intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilgan huquq egalariga tegishli tovar belgilari bo‘yicha qonunchilik talablari buzilishi aniqlanganda, bu to‘g‘risida xabar berish Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilishi, sertifikatsiyalash bilan shug‘ullanuvchi organlar tomonidan respublikada ishlab chiqarilayotgan, realizatsiya qilinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida ularda qo‘llanilgan nom, qadoqlar va boshqa rekvizitlarda intellectual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish 2022- yil 1-avgustdan boshlab Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali”dan foydalangan holda amalga oshirilishi ta’kidalndi.

Shuningdek, muloqotda shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘lishi, jinoyat kodeksining 1541- moddasiga asosan O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi tushuntirildi.

Tabdir nihoyasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi