Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

“Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlarga sayyor xizmatlar ko‘rsatildi


Sardoba tumanidagi “Bo‘ston” mahallasi tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli nisbatan og‘ir hudud deb belgilangan.

Тuman adliya bo‘limi tomonidan mazkur mahallada tashkil qilingan  tadbir “Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish,  ularning muammolarni o‘rganish, shuningdek, sayyor tartibda davlat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadiga qaratildi.Uchrashuv davomida “Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlarga ta’lim olish, tadbirkorlik foaliyati bilan shug‘ullanish, uy-joy va kretit olish, sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

    Tadbir aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi bilan yanada ahamiyatli bo‘ldi

Xususan, farzandini bog‘chaga navbatga qo‘yish yuzasidan 6 ta, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan 2 ta ariza qabul qilindi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan, kundalik hayotda tez-tez uchraydigan masala va muammolarga huquqiy tushuntirish va bepul maslahatlar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi