Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

YO’L HARAKATI QATNAShChILARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligitomonidan joriy yil 15 maydan 15 iyunga qadar“Qoidalarga yo’l ham bo’ysunadi” shiori ostida yo’lharakati xavfsizligi bo’yicha huquqiy savodxonlikoyligi e’lon qilindi.

O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 10 apreldagi “Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida”gi qonunining maqsadi yo’l harakati xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo’lib, qonunning asosiy vazifalari fuqarolar hayoti va sog’lig’i muhofaza etilishini, ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, shuningdek atrof muhit himoya qilinishini ta’minlashdan iborat.

Ushbu qonunning 3-moddasida asosiy tushunchalar belgilab berilgan bo’lib, unga ko’ra: yo’l— transport vositalarining harakatlanishi uchunqurilgan yoki moslashtirilgan va foydalaniladigan yerpolosasi yoxud sun’iy inshoot yuzasi. Yo’l avtomobilyo’llarini, shahar elektr transporti yo’llarini vayo’lkalarni o’z ichiga oladi;

yo’l harakati — odamlar va yuklarning transportvositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo’llardoirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchimunosabatlar majmui;

yo’l harakati qatnashchisi — yo’l harakatijarayonida transport vositasining haydovchisi, yo’lovchisi yoki piyoda sifatida bevosita ishtiroketayotgan shaxs.

Mazkur qonunning 26-moddasida yo’l harakati qatnashchilarining huquq va majburiyatlari belgilab berilgan va quyidagilardan iboratdir:

Yo’l harakati qatnashchilarining yo’llardaharakatlanishning xavfsiz sharoitlariga bo’lganhuquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi.

Yo’l harakati qatnashchilarining o’z huquqlariniamalga oshirishi yo’l harakati boshqaqatnashchilarining huquqlarini cheklamasligi yokibuzmasligi kerak.

Yo’l harakati qatnashchilari quyidagi huquqlargaega:

Yo’l harakati qoidalariga muvofiq yo’llarda erkinva moneliksiz harakatlanish;

qonunchilikda nazarda tutilgan o’z huquqlariningcheklanishi yoki buzilishi sabablari to’g’risida yo’lharakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi maxsusvakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslaridantushuntirishlar olish;

harakatlanishning xavfsiz sharoitlari to’g’risida, yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liqmahsulotlar va xizmatlarning sifati haqida to’liq hamdaishonchli axborot olish;

yo’l-transport hodisalari sodir bo’lgandaqonunchilikka muvofiq zimmasiga bepul tibbiyyordam ko’rsatish, qutqaruv ishlari olib borish vaboshqa shoshilinch yordam ko’rsatish majburiyatiyuklatilgan tashkilotlar va mansabdor shaxslardanshunday yordamlar olish;

yo’l-transport hodisasi oqibatida ular tan jarohatiolgan, transport vositasi va yuk shikastlangan hollardaqonunchilikda belgilangan tartibda zararning o’rniqoplanishi, shuningdek ma’naviy ziyon uchunkompensasiya olish;

maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlathokimiyati organlarining yo’l harakati xavfsizliginita’minlash sohasidagi qonunga xilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qonungaxilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangantartibda shikoyat qilish;

yo’l belgilarini, chiziqlarini, svetoforlarnio’zgartirish va o’rnatish yuzasidan, yo’l qoplamasiningholati haqidagi takliflar hamda yo’l harakatixavfsizligini ta’minlash masalalariga doir boshqatakliflar bilan tegishli organlarga murojaat etish.

Yo’l harakati qatnashchilari qonunchilikkamuvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

Yo’l harakati qatnashchilarining majburiyatlariquyidagilardan iborat:

ushbu qonun, Yo’l harakati qoidalari talablarigava yo’l harakati xavfsizligi to’g’risidagi boshqaqonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;

yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagimaxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlathokimiyati organlari mansabdor shaxslarining qonuniytalablarini bajarish.

Yo’l harakati qatnashchilarining zimmasidaqonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar hambo’lishi mumkin. 

Yo’l harakati qatnashchilarining huquq va majburiyatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi “Yo’l-patrul xizmati xodimlarining yo’l harakati qatnashchilari bilan o’zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 975-sonli qarorida, 2022 yil 12 apreldagi “Yo’l harakati qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yo’l harakati qoidalarida ham keng va batafsil yoritib berilgan. 

Yo’l harakati qoidalari O’zbekiston Respublikasi hududida yo’l harakatining yagona tartibini belgilaydi. Yo’l harakati qatnashchilari “Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni, Yo’l harakati qoidalari va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yo’l belgilari, yo’l chiziqlarining talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek ularga berilgan vakolat doirasida yo’llarda harakatni tartibga soluvchilarning ko’rsatmalarini so’zsiz bajarishlari shart. Yo’l harakati qoidalarini buzgan shaxslar O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

Hammamiz Yo’l harakati qoidalariga to’liq amalqilib, fuqarolar hayoti va sog’lig’i muhofaza etilishini, ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari, yuridikva jismoniy shaxslarning mulki, shuningdek atrofmuhit himoya qilinishiga o’zimizning munosib hissamizni qo’shaylik.

Yangiyer shaxar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Yulchurayev.