Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Korrupsiya - taraqqiyotga to'siq


Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan hududdagi davlat organlari va tashkilotlariga sifatli yuridik xizmat ko‘rsatish barobarida xodimlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Markaz bosh yuriskonsultlari tomonidan Guliston shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida bo‘lib o‘tgan tadbir ham ayni maqsadlar uchun xizmat qildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi «Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida atroflicha so‘z bordi.

Taʼkidlanganidek, korrupsiya taraqqiyotga to'siq. Uning turli koʻrinishlari borki, u jamiyatni yemiradi. Mamlakat taraqqiyotini oshirish uchun birinchi galda tanish-bilishchilik, korrupsiyaga barham berishga alohida eʼtibor qaratish lozim.Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi islohotlar, bu borada yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, tadbirda yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati to‘g‘risida ham keng ma’lumotlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi