Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Sayyor xizmat vaqt va naqdni tejaydi


Guliston tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan “Sharq haqiqati” mahallasida sayyor xizmat ko‘rsatish maqsadida tadbir tashkil etildi. Dastlab fuqarolarga davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat turlari va ulardan foydalanish, mobil davlat xizmatlari ko’rsatish usullari hamda qulayliklari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Sayyor xizmat davomida 2 nafar fuqarolarga pensiya va nafaqalar miqdorini va hisobda turish yoki turmasligi to‘g‘risida ma‘lumotlar olish, 3 nafar fuqarolarga bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish, 3 nafar fuqarolarga ERI olish, 1 nafar fuqaroga mavzuli so‘rovnoma olish bo‘yicha sayyor xizmatlar ko’rsatildi va arizalar olindi.

«O‘zimiz keldik» loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur sayyor davlat xizmatlari fuqarolarga har tomonlama qulaylik yaratdi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi