Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

СЎРАГАН ЭДИНГИЗ...


Savol: O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda haq undiriladimi?

D. Radjapov, Boyovut tumani Olmazor mahallasi

  

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qarori bilan “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni xabar berish tartibida ro‘yxatdan o‘tkazish va faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Nizomning 8-bandiga asosan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maxsus mobil ilova yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Bunda so‘rovnoma o‘zini o‘zi band qilgan shaxs tomonidan maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet orqali elektron shaklda mustaqil ravishda, davlat soliq xizmati organiga kelganda esa soliq organi xodimi tomonidan to‘ldiriladi.

Shuningdek, ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda haq undirilmaydi.

Shu bilan birga, Nizomning 16-bandida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat staji hisoblanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda ijtimoiy soliq to‘lanadi.

Ushbu summa to‘lig‘icha O‘zbekiston Respublikasi Moliy vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda pensiya hisoblash buchun daromad hajmi aniqlanadi, deb belgilangan.

Savolga Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi To‘lqin Turdibekov javob berdi