Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Adliya boshqarmasida seminar tashkil etildi


Iqtisodiyotning barqaror va mutanosib rivojlanishi, aholi turmush darajasi va farovonligining oshishi ko‘p jihatdan fuqarolarning iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ongli ravishda munosabatda bo‘lishi, iqtisodiy tafakkur va ko‘nikmalarning rivojlanishiga bog‘liq.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Agrobank” aksiyadorlik jamiyati tijorat banki Sirdaryo viloyat filiali mutaxassislari ishtirokida “Aholining moliyaviy savodxonligi: mazmuni, ahamiyati va asosiy jihatlari” mavzusida tadbir tashkil qilindi.

Seminar davomida aholi uchun yo‘naltirilgan moliya xizmatlari, bank xizmatlaridan foydalanishda yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi.

Xususan, fuqarolarning o‘z daromadlari va xarajatlarini aniq tasavvur qilmasligi yoki noto‘g‘ri rejalashtirishi oqibatida kreditorlik qarzdorlik paydo bo‘lishi, savodsizlik moliyaviy piramidalar va firibgarliklar sonining oshishiga olib kelishi hayotiy misollar yordamida tushuntirildi.

Shuningdek, moliyaviy savodxonlik aholining kundalik hayotdagi oddiy iqtisodiy voqea va jarayonlar, xususiy yoki davlat sektorida mehnatda band bo‘lishdan tortib nisbatan murakkab jarayonlar (masalan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, tijorat banklari kreditlaridan foydalanish, qimmatli qog‘ozlar sotib olish boshqalar)da ishtirok etishgacha bo‘lgan jihatlarni qamrab olishi ta’kidlandi.

Tadbir bahs-munozara va savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi