Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Guliston shahridagi 4-umumta'lim maktabida "Huquqiy axborot soati" o'tkazildi


Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yosh oilalar mustahkamligini ta’minlash, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari esa doimo diqqat e’tiborda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Guliston shahridagi 4-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Huquqiy axborot soati” tadbiri yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurashishni keng targ‘ib qilish, huquqbuzarliklarga qarshi immunitetini mustahkamlash maqsadlariga qaratildi. 
Tadbirda adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari Dilnoz Umurzoqova, To‘lqin Turdibekov, 532-SCHR batalyoni komandiri Sardor Hamidov, “Jiu-jitsu” sport federasiyasi Sirdaryo viloyat bo‘limi raisi, 2-karra jahon chempioni Javohir Davronbekov ishtirok etdi.

- O‘zbekiston imkoniyatlar mamlakati. Mening eng katta yutug‘im shu yurtda tug‘ilganim. Bilasizmi, sportchi sifatida men ko‘proq nimadan hayajonlanaman? Jahon minbarlarida madhiyamiz yangrab, millat bayrog‘i ko‘kka ko‘tarilganda shu qadar hayajonlanamanki, uni so‘z bilan ifodalab bo'lmaydi.

Sportchining ushbu fikrlari yoshlarni ruhlantirib, kelajak haqida mushohada yuritishga undagan bo‘lsa, ajabmas.

Muloqot davomida  bola huquqlari, ta’lim olish, kasb-hunar egallash huquqlari, bugungi islohotlar, yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

- Maktabimizda “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani oyligi” o‘tmoqda. Mazkur tadbir o‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi, - deydi maktab direktori Muqaddas Oqilova.

Uchrashuv mobaynida huquqbuzarliklar profilaktikasi, korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurashishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Bundan tashqari, muloqotda shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘lishi, jinoyat kodeksining 1541- moddasiga asosan O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi tushuntirildi. 

 Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbir yoshlarda katta taassurot qoldirdi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi