Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

«E-qaror» - shaffof tizim


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga «E-qaror» elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga asosan respublikamizning barcha hokimliklarida «E-qaror» elektron tizimi joriy etildi. Bu hokimliklar faoliyati va ish yurituvi ochiqligi, shaffofligi va qonuniyligini ta’minlash barobarida fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklari poymol bo‘lishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar o‘rnatilishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’kidlash joiz, “E-qaror” elektron tizimi joriy etilishi natijasida qabul qilinayotgan hujjatlar soni bir necha baravargacha qisqardi.

Masalan, Sirdaryo viloyatida 2020 yilda 15.300 ta qaror va farmoyishlar qabul qilingan bo‘lsa, 2021 yil 1-yarim yilligida 7.900 ta hujjatlar qabul qilingan.

Tizim joriy etilgan kundan bugunga qadar tizim orqali viloyat bo‘yicha jami 9525 ta hujjatlar, shundan 4569 ta hokim qarorlari va 2854 ta farmoyish, 2102 ta kengash qarorlari qabul qilindi. 

Mazkur hujjatlarning 96 tasini normativ tusdagi hamda 8314 tasi normativ bo‘lmagan hujjatlarni tashkil etadi.

Bundan ko‘rinadiki, ortiqcha va takrorlovchi hujjatlar soni 2020 yilga nisbatan 62 foizga va 2021 yilning 1-yarim yilligiga nisbatan 31 foizga kamayishiga erishilgan.

Shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini qabul qilish muddatlari qisqardi, ularni ishlab chiqishda inson omili va aralashuvi kamaydi, fuqarolar va tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli qarorlar qabul qilish jarayonining shaffofligi ta’minlandi, yerga oid hujjatlar majburiy tartibda adliya organlaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi, shuningdek, qarorlar va farmoyishlar bilan aholi doimiy ravishda tanishish hamda hududiy adliya organlari tomonidan ularni monitoring qilib borish imkoniyati yaratildi.

Mazkur jarayonda viloyat hokimligi tomonidan qarorlar qabul qilinishida qonuniylikni ta’minlash holatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, adliya boshqarmasi tomonidan qarorlar loyihalarini majburiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan jami 108 ta qaror loyihalari ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan yerga oid 76 ta qarordan 21 tasi qonun hujjatlariga nomuvofiqligi sababli rad etilgan, 55 tasiga ijobiy xulosa berilgan. 

2021 yilda Sirdaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 42 ta nomativ tusdagi qarorlar qabul qilingan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich 2022 yilning 1 choragida 43 tani tashkil etdi. 

Shuningdek, monitoringlar davomida jami 378 ta qaror va farmoyishlar qabul qilinishida qonunbuzilishi holatlari aniqlangan bo‘lib, mazkur holatlar yuzasidan kiritilgan 99 ta ta’sir choralar (taqdimnoma, ogohnoma, da’vo ariza) natijasida 94 ta qaror bekor qilindi, shundan yerga oid bekor qilingan hujjtalar 65 tani tashkil etadi.

Shu bilan birga, “E-qaror” elektron tizimidagi 52 ta qaror va farmoyishlarning maqomi o‘zgartirib chiqildi hamda 100 ga yaqin qaror va farmoyishlar barcha uchun ochiq holatga o‘tkazildi.

Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini kuchaytirish, qonun ustuvorligini so‘zsiz ta’minlash maqsadida quyidagi uslubiy tavsiya va ko‘rsatmalar ishlab chiqildi.

Jumladan, Adliya vazirining 2022 yil 14 yanvardagi 6-um-son buyrug‘iga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan umummajburiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan, 7 tasi Xalq deputatlari viloyat va 3 tasi tuman (shahar) kengashlari, 10 tasi viloyat va 3 tasi tuman hokimlari hamda 1 tasi ham viloyat, ham tuman (shahar) Xalq deputatlari kengashlari va 6 tasi ham viloyat, ham tuman (shahar) hokimlari qarorlari asosida qabul qilinadigan jami 30 turdagi qarorlar ro‘yxati tuzildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ tusdagi 26 ta qarorlar va normativ bo‘lmagan 27 ta turdagi qarorlar namunalari ishlab chiqilib, tasdiqlandi. 

Ushbu qarorlar namunalari foydalanish uchun tegishliligi bo‘yicha hokimlik va Xalq deputatlari kengashlarga yetkazilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, “E-qaror” elektron tizimida monitoring olib borishda hujjatlarning ochiq yoki yashirilgan maqomda bo‘lishini belgilaydigan axborotlar ro‘yxati va e’tibor qilinishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan tavsiyalar keng foydalanish uchun joylarga yetkazildi.

Xulosa o‘rnida aytganda, “E-qaror” mahalliy ijro etuvchi organlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimidir. Yangi onlayn dastur chiqarilayotgan qarorlarni “E-qaror” tizimi orqali onlayn kuzatib borish imkonini beradi.


X.Sayitov

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi