Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Muslimaning tug‘ilganlik fakti belgilandi


Sirdaryo tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi Alchinovlar oilasida qiz farzand dunyoga keldi. Unga yaxshi niyatlar bilan Muslima deb ism qo‘yishdi. Ma’lum sabablarga ko‘ra, chaqaloqqa tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olinmadi. 

Muslima hozir bir yarim yoshda. Onasi Maftuna Alchinova 2021-yil 1-yanvarda tug‘ilgan farzandi Alchinova Muslima Allamurod qizining tug‘ilganlik faktini belgilashda amaliy yordam so‘rab Sirdaryo tuman 1-son FHDY bo‘limiga murojaat qildi.

To‘g‘ri-da, ushbu hujjat bolaning fuqaro sifatida huquqiy maqomini belgilaydi.

 Mazkur murojaat o‘rganilib, zarur hujjatlar to‘plandi hamda fuqaro murojaati qanoatlantirildi.

Sirdaryo tuman 1-son FHDY bo‘limi tomonidan Alchinova Muslima Allamurod qizining tug‘ilganlik fakti belgilandi va unga tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi