Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

СЎРАГАН ЭДИНГИЗ...


Savol:Ichki ishlar idoralarida ishlab, xizmat vaqtida nogiron bo‘lib qolgan xodimlarga qonunchilikda qanday imtiyozlar mavjud?

D. Radjapov, Boyovut tumani Olmazor Mahallasi

   Javob: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 375-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandiga asosan terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining harbiy o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma berilgan farzandlariga keyinchalik davlat va harbiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun ham tavsiyanoma berilishi mumkin, deb belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenitining 2019-yil 26-fevraldagi “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4212-son qarorining 7-bandiga binoan terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlariga turar-joy xizmati bo‘yicha kommunal va boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar to‘lovi uchun har yarim yilda bir marta qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida pul kompensatsiyasi to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.

Shu bilan birga, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunining 36-moddasiga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirish, shuningdek dori vositalari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilish uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish huquqiga ega.

Bunda, “Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yo‘llanmalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2356, 2012-yil 27-aprel) asosan nogironlar va keksalar tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari orqali yo‘llanmalar bilan belgilangan tartibda ta’minlanadi, deb ko‘rsatilgan.

Savolga Savolga Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi To‘lqin Turdibekov javob berdi