Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Sayyor qabulda sayyor xizmatlar ko‘rsatildi


Sirdaryo tumanida joylashgan “Oq yoʻl” mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli nisbatan og‘ir bo‘lgan hudud deb belgilangan.

Tuman adliya bo‘limi tomonidan ushbu mahallada tashkil etilgan sayyor qabul aholi muammolarini o‘rganish, ularni qiynab kelayotgan masalalarga huquqiy yechim topish imkonini berdi.

Qabul davomida ishga joylashish, ishsizlik nafaqasini olish, uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, yuridik faktni belgilash, pensiyaga chiqish, moddiy yordam va imtiyozli kredit olish kabi masalalarda 23 nafar fuqarolardan murojaatlar qabul qilindi, shundan 17 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, muddat talab qiladigan 6 ta murojaat o‘rganish uchun adliya bo‘limining ish yurituviga olindi.

Shuningdek, tadbirda 7 nafar fuqarolarga ERI olish, 4 nafar fuqaroga pensiya (nafaqa) miqdorini olish, 2 nafar fuqarolarga bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish, 3 ta mavzuli so’rovnoma olish bo'yicha sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.


Muloqotda davlat xizmatlaridan uy sharoitida foydalanish tartibi, Mobil ID  tizimining afzallik va qulayliklari to‘g‘risida aholiga batafsil ma’lumotlar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi