Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

СЎРАГАН ЭДИНГИЗ...


Savol:Voyaga yetmagan bolalaiga aliment undirish tartibi haqida huquqiy tushuntirish bersangiz.

 A. Eshmurodova, Shirin shahri Bunyodkor mahallasi

Javob: Oila kodeksining 96-moddasida voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan aliment undiriladi, deb belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, kodeksning 99-moddasiga ko‘ra agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun – to‘rtdan bir qismi; ikki bola uchun – uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun – yarmisi miqdorida undiriladi. Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.

Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Shu bilan birga, ushbu kodeksning 136-moddasiga muvofiq aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.

Mazkur shaxs, nizo bo‘lmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli bo‘lib, bu ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida ko‘rib chiqiladi.

Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.

Agar ta’minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga asosan da’vogarlar—alimentlar undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi belgilab qo‘yilgan.

Savolga Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi To‘lqin Turdibekov javob berdi