Янгиликлар
14
Huquqiy aksiya - huquqiy savodxonlik
“Sog'liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” hududiy aksiyasi doirasida Yangiyer shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsultlari R.Yulchurayev va D.Xaytaliyevlar tomonidan Tibbiyot birlashmasining bir guruh xodimlari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuvda sohaga doir bir qator normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-may kuni qabul qilingan “Inson a’zolari va to'qimalarining transplantasiyasi to'g'risida”gi Qonuni hamda mehnat qonunchiligi mazmun-mohiyati yuzasidan keng ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, muloqotda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.