Янгиликлар
14
Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining huquqiy savodxonligi oshirildi
Yangiyer shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Uchrashuvda Mehnat kodeksining tegishli moddalari bo’yicha tushuntirishlar berilib, O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari mazmun-mohiyati haqida keng ma’lumotlar berildi hamda soha xodimlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.