Янгиликлар
14
Huquqiy aksiya doirasida tadbir o'tkazildi
Sayxunobod tumani Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti O’.Jo’rayev tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o’tkazilayotgan 2022 yilning 15-martidan 15-mayiga qadar “Sog’liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” hududiy aksiyasi doirasida uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasini Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi "Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qo`shimcha qulayliklar yaratish va soha hodimlarini qo`llab-quvvatlash chora tadbirlari to`g`risida"gi farmoni hamda O’zbekiston Respublikasining 2022 yil 20-apreldagi “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to’grisida”gi O’RQ-765-son Qonunining mazmun-mohiyati targ’ib qilindi. Uchrashuvda birlashma xodimlari tomonidan sog`liqni saqlash sohasidagi o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.