Янгиликлар
14
Monitoring tadbirlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ–5168-son qaroriga asosan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va ularni huquqiy jihatdan ta’minlash Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasining 2022-yil 27-apreldagi 7/1/328-sonli-topshiriq xatining ijrosi va Yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va aniqlangan qonun buzilishi holatlari bartaraf etib borish yuzasidan joriy yilning 13-may kuni Guliston shahar Adliya bo'limi yuiridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan Sirdaryo Davlat O'rmon xo'jaligi hamda Guliston shahar Maktabgacha ta'lim bo'limida monitoring tadbiri o'tkazildi.
Monitoring jarayonida aniqlangan kamchiliklar bo'yicha tegishlicha ma'lumotnoma rasmiylashtirilib, mas'ul xodimlarga zarur tushuntirishlar berildi.