Янгиликлар
16
Oqoltin tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan tumandagi Mustaqillik MFY aholisiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Sayyor tartibdagi tadbir davomida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 1 nafar, bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirish bo‘yicha 5 nafar, ERI kalit bo‘yicha 16 nafar, yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektining faoliyatini vaqtincha to'xtatish bo‘yicha 1 nafar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'ektini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish bo'yicha 1 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Sayyor xizmat oqoltinliklar uchun qulay imkoniyat bo‘ldi.
Aholi bilan muloqot davomida davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yangi tartiblar tushuntirildi, Mobil-ID tizimi haqida keng ma’lumotlar berildi.