Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

#huquqiy_aksiya


“Sog’liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” hududiy aksiyasi doirasida Boyovut tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan Boyovut tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan uchrashuv o’tkazildi.
Tadbirda soha faoliyatiga doir qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirilib,  xodimlarga ustama va imtiyozlarni hamda intizomiy jazolarni qo’llashda qonun talablari asosida olib borilishi yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati haqida keng ma’lumotlar berildi.
Bahs-munozaraga boy bo‘lgan tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Markaz xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.