Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

huquqiy_aksiya


“Sog’liqni saqlash va Xalq ta’limi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” hududiy aksiyasi doirasida Boyovut tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan Xalq ta’limi bo’limi xodimlari va tumandagi umumtalim maktablar rahbarlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o’tkazilib, soha faoliyatifa doir qabul qilingan bir qator qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati, pedagog xodimlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyoz, kafolat va yegilliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati haqida keng ma’lumotlar berildi.

Bahs-munozaraga boy bo‘lgan tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Markaz xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi