Янгиликлар
SIRDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASIDA YANGI TAYINLOVLAR AMALGA OSHIRILDI

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Mavlanov Azizjon Muxiddinovich Sirdaryo viloyt adliya boshqarmasi Rejalashtirish va samaradorlikni baholash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mavlanov Azizjon Muxiddinovich 1988-yil 2-fevralda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2011-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
A. Mavlanov o‘z mehnat faoliyatini Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Targ‘ibot va huquqiy ma’rifat bo‘yicha yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
2015-2017 yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi, 2017-2020 yillarda Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Azizjon Mavlonov tayinlovga qadar Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Nazarov Bobur Sobirjonovich Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson resurslari bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Nazarov Bobur Sobirjonovich 1984-yil 7-oktyabrda Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2011-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, bojxona ishi, huquqshunoslik bo‘yicha mutaxassis.
B.Nazarov mehnat faoliyatini Yangiyer shahridagi “Jamshid-Yangiyer” mas’uliyati cheklangan jamiyat huquqshunosi lavozimidan boshlagan.
2013-2022-yillarda adliya tizimida qator mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
B.Nazarov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Shamirzayev Jaxongir Abduvaliyevich Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shamirzayev Jaxongir Abduvaliyevich 1989-yilda Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, huquqshunos, 2011 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
J.Shamirzayev mehnat faoliyatini 2011-2015 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudining sud majlisi kotibi lavozimidan boshlagan.
2015-2021 yillarda adliya tizimida qator mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
J.Shamirzayev tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Narbayev Bobur Shavkat oʻgʻli Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy xizmatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bobur Narbayev 1991-yil 4-oktyabrda Jizzax viloyati Doʻstlik tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2019-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U mehnat faoliyatini 2019-yilda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlimi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
2021-2022 yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimifa ishlagan.
Bobur Narbayev tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘I lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sayitmuradov Usman Umarovich Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sayitmuradov Usman Umarovich 1978-yil 26-dekabrda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tugʻilgan.
Ma’lumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos. 2004 yilda Moskva davlat servis universitetini tamomlagan.
U.Sayitmuradov 2004-2018 yillar mobaynida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.
2019-2021 yillarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari bo‘limi yetakchi maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Usman Sayitmuratov tayinlovga qadar Kadrlar bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyati yuritib kelayotgan edi.

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Raxmatilloyev Anvar Raxmatillo o‘g‘li Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Raxmatilloyev Anvar Raxmatillo o‘g‘li 1979-yil 17 avgustda Sirdaryo viloyati yangiyer shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi III Toshkent Oliy harbiy texnika bilim yurtini tamomlagan, jazoni o‘tashni ijro etish bo‘yicha mutaxassis.
U mehnat faoliyatini O‘R IIV Ichki Qo‘shinlar 7373-harbiy qismda guruh komandiri, komandirning shaxsiy tarkibi bilan ishlash buyicha o‘rinbosarining xuquqiy va kadrlar bo‘yicha katta yordamchisi lavozimidan boshlagan.
2019-2021-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida ishlagan.
A.Raxmatilloyev tayinlovga qadar Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Davlat xizmatlari markazlari faoliyati ustidan nazorat qilish bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Sirdaryo viloyat аdliya boshqarmasi jamoasi Mavlanov Azizjon Muxiddinovich, Nazarov Bobur Sobirjonovich, Shamirzayev Jaxongir Abduvaliyevich, Narbayev Bobur Shavkat oʻgʻli, Sayitmuradov Usman Umarovich, Raxmatilloyev Anvar Raxmatillo o‘g‘lini ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi